Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh musiqachilarimiz muvaffaqiyati
10:08 / 2023-05-23

Shu yilning 16-21 may kunlari Italiyaning Barletta shahrida "Citta di Barletta" nomli 33-xalqaro yosh ijrochilar tanlovida Italiya, Germaniya, Bolgariya, Xitoy, Kanada, Rossiya, Birlashgan Arab Amirligi, Ukraina, Tailand, Koreya va boshqa ko‘plab davlatlar qatori O‘zbekistondan ham musiqachilar qatnashdi.

 Xususan, Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi vakillari mazkur xalqaro tanlovda yaxshi natijalarni ko‘rsatdi. Tanlov yakuniga ko‘ra, ushbu maktabning 8-sinf o‘quvchisi Saidshoh G‘ulomov Gran-priga loyiq topilib, gala-konsertda ishtirok etdi. 2-sinf o‘quvchisi Sevinch Azimova birinchi o‘ringa munosib topildi. 11-sinf o‘quvchisi Alisa Salohova ikkinchi o‘rinni egalladi. 10-sinf o‘quvchisi Muxlisa Sobitjonova esa bastakor Dilorom Omonullayevaning "Amir Temur tushlari" asari ijrosi uchun maxsus mukofot bilan taqdirlandi hamda gala-konsertda ishtirok etdi. Bu haqda Madaniyat va turizm vazirligi axborot xizmati ma’lum qilmoqda.

 N. Usmonov, O‘zA