Yosh musavvirdan ilk ko‘rgazma
Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyida O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, miniatyurachi rassom, xattot, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Rassomlik mahorat ustaxonasi tadqiqotchisi Baxtiyor Dedashevning "Muhabbat" nomli ilk shaxsiy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rgazmada yosh musavvirning 50 dan ortiq asarlari o‘rin oldi. Yosh musavvir o‘z ijodida asosan Hirot va Buxoro miniatyura san’ati an’analariga amal qilib, turli mavzularga murojaat etadi.



Jumladan, tarixiy syujetlar va o‘tmishdagi mashhur shaxslarning portretlari, mumtoz adabiyot asarlariga ishlangan illyustratsiyalar, dostonlar, romanlar, hikoyalar qahramonlari hayotidan lavhalar, xalq urf-odatlari va an’analari B.Dedashevning ijodida muhim o‘rin egallaydi. U yaratgan har bir asarni tomosha qilganingizda go‘yoki bir tarixiy asardan parcha o‘qigandek bo‘lasiz go‘yo.
Ushbu ko‘rgazma 18 aprelga qadar davom etadi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA