Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh matematiklarimiz 9 ta medalni qo‘lga kiritdilar
00:25 / 2024-03-30

Turkmanistonda tashkil etilgan xalqaro matematika olimpiadasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar 9 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Joriy yilning 25-30-mart kunlari Turkmaniston davlatining Arkadag‘ shahrida o‘tkazilgan xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etgan O‘zbekiston jamoasi 2 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza medalga sazovor bo‘ldi.  

G‘olib o‘quvchilarimiz bilan tanishing:  

Yusufjon Ortiqov - Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi oltin medal;  

Maqsadbek Egamberganov - Xorazm viloyati, Bog‘ot tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi oltin medal;  

Farhod Ochilov - Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi  kumush medal;  

Murodjon Mamatov - Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi kumush medal;  

Anvar Rustamov - Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi bronza medal;  

Tohirjon Tairov - Xorazm viloyati, Yangiariq tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 7-sinf o‘quvchisi bronza medal;  

Mirshod Muhammedov - Buxoro shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi bronza medal;  

Ulug‘xo‘ja  Bafoyev - Buxoro viloyati, Jondor tumanidagi 46-maktabning 9-sinf o‘quvchisi bronza medal,

Xushnudbek Durdiyev - Buxoro viloyati, Olot tumanidagi 10-maktabning 10-sinf o‘quvchisi bronza medal.  

Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi axborot xizmati xabar qilmoqda.

N.Usmonova, O‘zA