Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yosh maslahatchilar” kengashida yangi loyihalarga kelishib olindi
19:04 / 2021-10-04

Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzurida tashkil etilgan “Yosh maslahatchilar” kengashining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, jamoat birlashmalari faollari, keng jamoatchilik vakillari, talaba-yoshlar ishtirok etgan tadbirda bir qator dolzarb masalalar maslahat kengashi a’zolari tomonidan muhokama qilindi, kelgusidagi rejalar bo‘yicha fikr-mulohazalar almashildi.

Jumladan, joylarda yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini yanada oshirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarning muammolarini o‘rganish va hal etishga ko‘maklashish, bitiruvchi yoshlar bilan ishlash kabi mavzular ko‘rib chiqildi.

Shundan so‘ng kengash a’zolariga maxsus nishonlar topshirildi. Tadbir yakunida kengash faoliyatiga aloqador mavzular doirasida kelgusidagi istiqbolli reja va takliflar ishlab chiqildi hamda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan yoshlar manfaatiga xizmat qiluvchi yangi loyihalar haqida kelishib olindi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA