Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yosh maqom ijrochilari” respublika tanlovi bo‘lib o‘tmoqda
16:38 / 2025-11-03

“Oltin kuz” iqtidorli yoshlar forumi doirasida Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutida O‘zbek milliy maqom san’ati markazi tomonidan “Yosh maqom ijrochilari” respublika tanlovi o‘tkazilmoqda.

Mazkur tanlovda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan yoki ta’lim olayotgan 16 yoshdan 22 yoshgacha bo‘lgan (jami 33 nafar) yosh ijrochilar ishtirok etmoqda.

Tanlov ishtirokchilari Shashmaqom tarkibidagi ikkinchi guruh sho‘’balaridan asar ijro etishlari lozim bo‘ladi.

Tanlovni o‘tkazish bo‘yicha hakamlar hay’ati maqom ijrochilik san’ati mutaxassislari va yetuk ustozlaridan iborat tarkibda shakllantirildi.

Tanlov ishtirokchilari ijro mahorati, ijroda ritmni his qilishi, asar matnining to‘g‘riligi, sahna madaniyati va ijro repertuarining to‘g‘ri tanlangani mezonlari bo‘yicha baholanadilar.

Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘zbek milliy maqom san’atini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish, milliy maqom asarlarini chuqur o‘rganish, madaniyat va san’at sohasida ta’lim olayotgan va ijod qilayotgan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni ijodiy jarayonlarda birlashtirish va bilim ko‘nikmalarini oshirishdan iboratdir.  

Shu bilan birga, mazkur tanlov o‘zbek milliy maqom ijrochilarini kashf etish, shu bilan birga, maqom san’ati namunalarini keng targ‘ib etish hamda dunyo sahnalariga olib chiqish, ijodkor yoshlarning iqtidorlarini namoyish etishlari uchun keng maydon yaratish hamda rag‘batlantirishda ushbu tanlovning ahamiyati beqiyos.

N.Usmonova, O‘zA