Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh kurashchilar viloyat prokurori kubogi uchun bellashdi
17:24 / 2025-12-23

Andijonda sport seleksiyasi oyligi doirasida o‘smirlar o‘rtasida erkin kurash, yoshlar o‘rtasida yunon-rum kurashi hamda qizlar o‘rtasida kurash bo‘yicha viloyat prokurori kubogi musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

Sportning kurash turlarini rivojlantirish va ommaviyligini oshirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash, yoshlarning kurash turlariga qiziqishini oshirish maqsadida o‘tkazilgan mazkur musobaqalar ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari K.Komilov, viloyat prokurori M.Abduhakimov va boshqalar so‘zga chiqdi. Unda yurtimizda yoshlar sportini rivojlantirish, xususan, kurash bo‘yicha iqtidorli sportchilarni aniqlash, tayyorlash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganligini ta’kidlandi.  

Olti vazn toifasida o‘smirlar o‘rtasida qiziqarli va murosasiz bahslar asosida o‘tgan erkin kurash musobaqasining yakuniy natijalariga ko‘ra, Temurbek Raimjonov, Jasurbek Komilov, Abdulboriy Mamirov, Sheryazdan Bozorov, Farhod Qobulov, Muhammadsolih O‘lmasov o‘z vazn toifalarida 1-o‘ringa sazovor bo‘ldi. 

Qizlar o‘rtasida ikki vazn toifasidagi kurash musobaqasida esa Bo‘ston tumani vakilasi Zuhra Qobulova hamda viloyat sportning yakka kurash turlariga ixtisoslashgan sport maktabi o‘quvchisi Habiba Qobuljonova barcha raqibalaridan ustun kelib, o‘z vazn toifalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. 

Yoshlar o‘rtasidagi yunon-rum kurashi musobaqalari ham qiziqarli bahslarga boy bo‘ldi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, Hojiakbar Abduvahobov, Mavlon Yakkubekov, Bekzod Mamajonov, Abdullo Obidov, Mirzaabdullo Ubaydullayev, Zafarbek Ulug‘bekov o‘z vazn toifalarida g‘olib deb topildi.

[gallery-26869]

Musobaqalarning g‘olib va sovrindorlari diplom, tegishli medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, yuqori natijalarga erishgan bir guruh murabbiylar ham munosib rag‘batlantirildi.

F. Ubaydullayev,

Z. Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari