Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yosh kitobxon”larni qanday yangiliklar kutmoqda?
15:28 / 2024-03-26

Savolga Yoshlar ishlari agentligi mutolaa loyihasi mutaxassisi Shoxsanam Xolboyeva javob berdi:

— So‘nggi yillarda respublikamizda  kitob mutolaasi bilan bog‘liq bir qator tadbirlar amalga oshirilib, adabiyotga oshno tutingan yoshlar intilishi ham moddiy, ham ma’naviy rag‘bat topmoqda.  

Bunga misol qilib “Yosh kitobxon” tanlovini ko‘rsatishimiz mumkin.

Har yili ushbu tanlovga qiziquvchilar soni  ortib bormoqda.  

Misol uchun, 2022-yilda 600 mingdan ziyod, 2023-yilda esa salkam 1 million ishtirokchi qatnashdi.  

2022-yilda 10-14,15-19,20-30 yosh toifasi bo‘yicha  3 nafar g‘olibga Spark,   2023 yilgi tanlovning yosh toifasi bo‘yicha 3 nafar  g‘olibga Kobalt avtomobili sovg‘a qilindi.  Chunki kitobxon  har qanday ehtiromga munosib.

“Yosh kitobxon” tanlovi yildan yilga sayqallanib boryapti. Bu yilgi tanlovga 1-martdan start berildi.  Tanlovga bir qancha yangiliklar kiritishni rejalashtirganmiz. Misol uchun tanlovni bajarish shartlari tartibi o‘zgarishi ya’ni quvnoqroq, kitobxonlarga mos, yoshlarbop bo‘lib, zamonaviy tusga kiradi.

Axborot texnologiyalari imkoniyatidan foydalanib, viloyat bosqichini o‘tkazishda dasturga biroz o‘zgartirish kiritmoqchimiz.  Bu hozircha sir bo‘lib tursin.  

Kitobxonlik yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha yaqin kunlarda kitobsevarlarni yana xabardor etamiz.

 

N.Rahmonova, O‘zA.