French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh kitobxonlar hududiy bosqichga yo‘llanma oldi
19:39 / 2026-02-02

FOTOREPORTAJ

Buxoro viloyatining shahar va tumanlarida “Yosh kitobxon” tanlovining mahalliy bosqichlari ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

Mazkur tanlov yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida o‘tkazib kelinmoqda.

[gallery-27440]

Aytish o‘rinliki, joriy yilda tanlovda ishtirok etish istagini bildirib, viloyatdan 35 ming 680 nafardan ziyod yosh ariza topshirgan. Saralash natijasida 468 nafar o‘g‘il-qiz mahalliy bosqichga yo‘llanma oldi.

Mahalliy bosqichda ishtirokchilar “Tezkor savol-javob” hamda “Badiiy asarlar bilimdoni” shartlari asosida o‘z bilim va salohiyatini sinovdan o‘tkazdi. Natijada eng yuqori ball to‘plagan 39 nafar yosh kitobxon tanlovning hududiy bosqichiga yo‘llanma oldi.

 Tohir ISTATOV (surat), O‘zA