Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh kitobxonga “Cobalt” avtomobili berildi
11:26 / 2024-02-21

Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi 19-umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi Mironshoh Nurmatov “Yosh kitobxon” tanlovining respublika bosqichida g‘olib bo‘lib, Prezident sovg‘asi “Cobalt” avtomobiliga sazovor bo‘ldi.

Bu haqida viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, kuni kecha “Yosh kitobxon” tanlovining respublika final bosqichida 15-19 yosh toifasi bo‘yicha qashqadaryolik Mironshoh Nurmatov 312,4 ball bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Prezident sovg‘asi “Cobalt” avtomobili sohibiga aylangan. 

Bu kabi yuksak rag‘bat yosh avlodni kitobxonlikka  jalb qilish, o‘quvchi yoshlarda kitobxonlik madaniyatini yanada oshirishga muhim ahamiyat kasb etadi.  

O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri