“Yosh kitobxon” tanlovi qizg‘in davom etmoqda
Yurtimizda millionlab kitobxonlarimiz uchun bilim maydonini yaratgan “Yosh kitobxon” tanlovi qizg‘in davom etmoqda. Tanlovning 2025 yilgi mavsumida mahalla bosqichi yakunlandi. Kitobxonlik tanlovida o‘z bilimini sinab ko‘rishga bel bog‘lagan yoshlarimiz soni bu yil 950 ming nafarga yetdi.
Ilk bosqichda eng yuqori natija qayd etgan 27 ming 24 nafar kitobxon navbatdagi - sektor bosqichiga yo‘llanma oldi. Endilikda ular Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 12 ta viloyat va Toshkent shahrida o‘tadigan bahsda o‘z mahoratini namoyish etadi.


Tanlovning sektor bosqichlari test asosida o‘tkazilib, test natijalariga ko‘ra sektorlar kesimida har bir yosh toifasi bo‘yicha eng ko‘p ball to‘plagan 3 nafar ishtirokchi tuman-shahar bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA