Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh kitobxon oilalar saralanmoqda
14:20 / 2025-08-23

Surxondaryo viloyatida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “Yosh kitobxon oila” tanlovining tuman, shahar bosqichi boshlandi.

Yoshlar ishlari bo‘limi hamda mahallalardagi yoshlar yetakchilari hamkorligida o‘tkazilayotgan tanlov oilalarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, oilaning har bir a’zosini kitob mutolaasiga jalb etish, ular o‘rtasida o‘zaro mehr-oqibat, odob-axloq fazilatlarini rivojlantirish maqsadida tashkil etilmoqda.

Tanlovning Termiz tumani bosqichida ishtirok etgan kitobxon yosh oilalar mutolaa ko‘nikmalari, bilimi va o‘g‘il-qizlarida kitobga mehr-muhabbat uyg‘otish tajribalarini mahorat bilan namoyish etdi.

Qiziqarli va ibrat olsa arzigulik lahzalarga boy bo‘lgan tadbirda Sabzipoya mahallasida yashaydigan Nodir Normurodovlar oilasi faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, viloyat bosqichida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldi. Soliobodlik Dilmurod Do‘stmurodovlar oilasi ikkinchi, Ayritom mahallasida istiqomat qiladigan Sattor Xolmo‘minovlar oilasi uchinchi o‘rinni egalladi.

Tanlov g‘oliblari diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Xolmo‘min Mamatrayimov,

O‘zA muxbiri