Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh kitobxon oilalar hududiy bosqichda bellashdi
16:56 / 2022-06-14

FOTOREPORTAJ

Termizda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilayotgan “Yosh kitobxon oila” tanlovining Surxondaryo viloyat hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi. 

Davlatimiz rahbarining joriy yil 19 yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash, yoshlar o‘rtasida ma’naviyat va kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, she’rxonlik va kitobxonlik madaniyatini oshirish, yosh ijodkorlarni kashf etish maqsadida tashkil etilgan tanlovga kitobxon oilalar jalb etildi. 

Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi va boshqa hamkor tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan tanlovda viloyatning barcha shahar va tumanlaridan jam bo‘lgan kitobxon oilalar va ijodkor yoshlar ikkita shart bo‘yicha o‘z bilim va iste’dodini namoyish etdi. 

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Termiz shahridan Xidirovlar oilasi birinchi, Angor tumanidan Bo‘riyevlar oilasi ikkinchi, Qumqo‘rg‘on tumanidan Aliboyevlar oilasi esa uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Tanlov g‘oliblari yakuniy bosqichda viloyat sharafini himoya qiladi. 

G‘olib va faol ishtirokchilarga tashkilotchilar tomonidan diplom, esdalik sovg‘alari hamda eng sara badiiy asarlar jamlanmasi taqdim etildi. 

[gallery-7558]

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat),O‘zA