FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Davlatobod tumanida “Yosh kitobxon oila” tanlovining viloyat bosqichi bahslari bo‘lib o‘tdi.
Mazkur ma’naviy loyiha aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yoshlar va oilalarda adabiyotga bo‘lgan mehrni kuchaytirish, mutolaaga qiziqtirish maqsadiga qaratilgan.
Dastlabki bosqichlarda 10 mingdan ziyod oila tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan. Ulardan eng bilimdon va kitobsevar 14 oila viloyat bosqichida o‘z salohiyati va tafakkurini namoyon etish imkoniga ega bo‘ldi.
“Badiiy asarlar bilimdoni”, “Tezkor savol-javob” sinovida hakamlar hay’ati ishtirokchilarning badiiy tafakkuri, nutq madaniyati va asar mazmunini anglash darajasini baholadi.
[gallery-25857]
Isog‘aliyevlar oilasi birinchi o‘rinni egallab, tanlovning mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi.
G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA