Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yosh kitobxon oila” va “Mushoira” tanlovining Toshkent shahar bosqichi g‘oliblari aniqlandi
13:30 / 2022-06-13

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilayotgan “Yosh kitobxon oila” va “Mushoira” tanlovining Toshkent shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda ishtirok etish uchun poytaxtimizning barcha hududlaridan mingdan ortiq oila, “Mushoira” tanlovida ishtirok etish uchun 13 mingdan ortiq yoshlar onlayn ariza topshirib “mahalla-sektor-tuman” darajasida o‘zaro kuch sinashdi. Ulardan “Yosh kitobxon oila” tanloviga barcha hududdan 1 tadan jami 12 ta oila Toshkent shahar bosqichiga yetib kelgan bo‘lsa, “Mushoira” tanlovida 3 ta, xususan, 14-19, 20-25 hamda 26-30 yosh toifalari bo‘yicha 36 nafar yoshlar Toshkent shahar bosqichiga yetib keldi. 



“Yosh kitobxon oila” tanlovi bo‘yicha 1 nafar oila, “Mushoira” tanlovi bo‘yicha esa har bir yosh toifasi bo‘yicha 1 nafardan jami 3 nafar yoshlar Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. 

Jumladan, “Mushoira” tanlovi yakuni bo‘yicha g‘oliblar 14-19 yosh toifasida 1-o‘rin Chilonzor tumani “Oqtepa” mahallasidan Muhtaramxon Xaqberdiyevaga, 2-o‘rin Mirzo Ulug‘bek tumani “Oydin” mahallasidan Mehrixon Ortiqovaga, 3-o‘rin Olmazor tumani “Qichqiriq” mahallasidan Munavvar Erkinovaga nasib qildi. 

20-25 yosh toifasi bo‘yi 1-o‘ringa Yangi hayot tumani “Xo‘ja uchqun” mahallasidan Sevinch Avazova, 2-o‘ringa Mirzo Ulug‘bek tumani “Shahriobod” mahallasidan Nasiba Abdullayeva, 3-o‘ringa Olmazor tumani “Universitet” mahallasidan Shohista Suvonova loyiq deb topildi. 

26-30 yosh toifasi bo‘yicha 1-o‘rinni Shayxontohur tumani “Yakkabog‘” mahallasidan Maqsuda Yo‘ldosheva egallangan bo‘lsa, 2-o‘rin Chilonzor tumani “Zarqo‘rg‘on” mahallasidan Sadoqat Ergashevaga nasib etdi. 3-o‘ringa Olmazor tumani “Shodiyona” mahallasidan Dilnavoz Himmatova sazovor bo‘ldi. 

Shuningdek, “Yosh kitobxon oila” tanlovi bo‘yicha 1-o‘rin Yunusobod tumani “Husniobod” mahallasidan Tojiyevlar oilasiga nasib etdi. Ular 1 million 500 ming so‘m pul mukofoti, esdalik sovg‘alari, diplom va Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. 

2-o‘rinni Mirobod tumani “Birodarlik” mahallasidan Botirovlar oilasi egalladi va 1 million 200 ming so‘m pul mukofoti, esdalik sovg‘asi va diplom bilan taqdirlandi. 3-o‘ringa loyiq ko‘rilgan Shayxontohur tumani “Yangi Kamolon” mahallasidan To‘rayevlar oilasi 1 million so‘m pul mukofoti, esdalik sovg‘asi va diplom bilan taqdirlandi. 

Gulnoza Boboyeva, 
O‘zA