Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yosh kitobxon oila” tanlovining tuman bosqichi yakunlandi
12:21 / 2025-08-26

Yurtimizda yosh oilalarning bilimli, ma’naviyatli va farzandlariga ibrat bo‘ladigan ota-ona sifatida shakllanishlarida kitobning o‘rni beqiyos. Shu ezgu maqsadda o‘tkazib kelinayotgan “Yosh kitobxon oila” tanlovining tuman (shahar) bosqichlari o‘z yakuniga yetdi.

Ushbu mavsumda tanlovda 96 mingdan ortiq yosh oila ishtirok etdi. Tanlov test sinovi orqali o‘tkazilib, eng yuqori ball to‘plagan oilalar keyingi hududiy bosqichga yo‘llanma oldi. Natijada respublika bo‘yicha 208 ta oila hududiy bosqich ishtirokchisi bo‘ldi.

Tanlovning hududiy bosqichi sentyabr-oktyabr oylarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Tanlovning respublika bosqichi g‘oliblariga quyidagi mukofotlar beriladi.

Jumladan, 1-o‘rin uchun Prezident sovg‘asi “BYD” elektromobili, 2-o‘ringa 50 million so‘m va 3-o‘ringa 30 million so‘m beriladi.

Barcha ishtirokchilarga esa 10 million so‘m va kitoblar to‘plami taqdim etiladi.

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA