Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Yosh kitobxon oila" tanlovining hududiy bosqich g‘oliblari aniqlandi
17:08 / 2025-10-23

Shu kunlarda mamlakatimiz bo‘ylab yosh kitobxon oilalar o‘rtasida kitob o‘qish madaniyatini oshirish, oilaviy ma’naviy muhitni mustahkamlashga qaratilgan “Yosh kitobxon oila” tanlovi o‘tkazilmoqda.

"Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida tashkil etilgan mazkur tanlov yosh avlodning badiiy adabiyotga bo‘lgan muhabbatini kuchaytirish va o‘qish madaniyatini shakllantirishga muhim hissa qo‘shmoqda.

Ikki hafta avval start olgan “Yosh kitobxon oila” tanlovining hududiy bosqichlari nihoyasiga yetmoqda.

Tanlov davomida ishtirokchilar “Badiiy asarlar bilimdoni” va “Tezkor savol-javob” shartlarida o‘zaro bellashib, o‘z bilim va zukkoligini sinovdan o‘tkazishdi.

Bugungi kunga kelib, hududlardan respublika bosqichiga yo‘llanma olgan eng kitobsevar oilalar nomi aniqlandi.

G‘oliblar tanlovning final bosqichiga yo‘llanma oldi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA