Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yosh kitobxon oila” tanlovi o‘tkazilmoqda
16:58 / 2025-08-22

Shu kunlarda mamlakatimiz bo‘ylab “Yosh kitobxon oila” tanlovining tuman bosqichlari o‘tkazilmoqda. Tanlovda 1995-2005 yillar oralig‘ida tug‘ilgan yosh oilalar ishtirok etmoqda.

Tanlovning Chortoq tuman bosqichi ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Oilalarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, har bir oila a’zosini kitob mutolaasiga keng jalb etish, ular o‘rtasida o‘zaro mehr-oqibat, odob-axloq fazilatlarini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan tanlovda viloyatning shahar va tuman bosqichlarida g‘olib bo‘lgan yosh oilalar ishtirok etdi. 

Xususan, “Yosh kitobxon oila” tanlovi ishtirokchilari belgilangan talablar asosida o‘z bilimini sinovdan o‘tkazdi. 

Natijalarga ko‘ra, 1-o‘rin Muhammadazimovlar oilasiga, 2-o‘rin Ahmadjonovlar oilasiga, 3-o‘rin esa Jo‘raboyevlar oilasiga nasib etdi.

Shuningdek, Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida tanlovning birinchi bosqichida ishtirok etish istagini bildirgan yosh oilalar test sinovi orqali saralab olindi. 

Yosh oilalar ma’naviyatini yuksaltirish va kitobxonlikni targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazilgan shahar bosqichida esa quyidagi oilalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Xususan, 1-o‘rinni Oydin mahallasining Mamatovlar oilasi, 2-o‘rinni Oqtepa mahallasining Nabiyevlar oilasi hamda 3-o‘rinni Xontepa mahallasining Temirovlar oilasi egalladi.

G‘olib oilaga viloyat bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanma berildi. Tanlov ishtirokchilari esa o‘z bilim va mahoratlarini sinovdan o‘tkazib, kitobxon oilalar safini yanada kengaytirishga hissa qo‘shdilar.

G‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA