French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Yosh kitobxon oila" ko‘rik-tanlovi
13:12 / 2024-10-12

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan 30 yoshgacha bo‘lgan yosh oilalar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, har bir oila a’zosini kitob mutolaasiga keng jalb etish va shu bilan birga ular intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, joylarda adabiy muhit yaratish maqsadida tashkil etilgan "Yosh kitobxon oila" tanlovining Sirdaryo viloyat bosqichi yakunlandi.

Tanlovning viloyat bosqichida tuman, shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan  yosh oilalar  ikkita shart – badiiy asarlar bilimdoni, tezkor savol- javoblar asosida o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.  

Boyovut tumanilik Ortiqboy Samandarov va uning turmush o‘rtog‘i Nigina Samandarova 3-o‘ringa, Sirdaryo tumanidan  Doniyor Boboyev va Yulduz Boboyevalar 2-o‘ringa munosib ko‘rilgan bo‘lsa, 1-o‘rinni esa Oqoltindan Javohir Tursunov va uning turmush o‘rtog‘i Mohinur Ismoilxo‘jayevalar qo‘lga kiritishdi.

Endi ular poytaxtda o‘tadigan "Yosh kitobxon oila" ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichida ishtirok etib, o‘zlarining bilim va salohiyatini ishga solgan holda viloyat sharafini himoya qiladi.

G‘olib va ishtirokchilarga esa tanlov tashkilotchilarining tashakkurnomasi, qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.

G‘ulom Primov,

O‘zA muxbiri