FOTOREPORTAJ
Termiz shahridagi Yoshlar markazida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “Yosh kitobxon oila” tanlovining Surxondaryo viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Oilalarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, har bir oila a’zosini kitob mutolaasiga keng jalb etish, ular o‘rtasida o‘zaro mehr-oqibat, odob-axloq fazilatlarini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan tanlovda shahar va tumanlar bosqichida g‘olib bo‘lgan yosh oilalar ishtirok etdi.
[gallery-19665]
Viloyatda joriy yilda mazkur tanlovda ishtirok etish istagini bildirib, ro‘yxatdan o‘tgan oilalar soni 9936 tani tashkil etdi.
Tanlovda ishtirokchilar (badiiy asarlar bilimdoni, tezkor savol-javob) shartlari asosida o‘z bilimini sinovdan o‘tkazdi.
Kitobxonlik bahsida Termiz shahridan qatnashgan Xidirovlar oilasi 1-o‘rinni egallab, tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanma oldi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar Qiziriq tumanidan O‘roqovlar hamda Sho‘rchi tumanilik Eshpo‘latovlar oilasiga nasib etdi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/74mRCCnayYc" title="“Yosh kitobxon oila” gʻoliblari aniqlandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat va video), O‘zA