English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh kitobxon oila aniqlandi
19:55 / 2024-07-15

FOTOREPORTAJ

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “Yosh kitobxon oila” tanlovining Jizzax shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi va boshqa tashkilotlar hamkorligida Sharof Rashidov nomidagi Jizzax viloyat axborot-kutubxona markazida tashkil qilingan tanlovda 28 yosh oila ishtirok etdi. Ishtirokchilar ilmiy-ommabop, o‘zbek va jahon adabiyotiga, buyuk adiblarimiz hayoti va ijodiga oid test savollariga javob berib, kitobxonlik layoqati hamda ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdi.  

[gallery-18287]

- O‘tgan yili ushbu tanlovda ikkinchi o‘rinni egallagandik, - deydi Jizzax shahar Sayiljoyi mahallasida yashovchi Umida Navro‘zova. - O‘shanda yanada ko‘proq mutolaa bilan shug‘ullanish, bilim va dunyoqarashimizni yanada kengaytirish kerakligini anglab, muntazam turli janrlardagi kitoblarni o‘qish, dasturxon atrofida o‘z o‘qiganlarimiz haqida fikrlashish oilamizda yaxshi an’anaga aylandi. Mana, bu yil tanlovning shahar bosqichida birinchi o‘ringa chiqdik. Keyingi bosqichlarda ham munosib ishtirok etishga ahd qilganmiz.  

Tadbir so‘ngida g‘olib va sovrindorlarga diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Jamshid YORBEKOV(surat),O‘zA