Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh karatechilarimiz “Burca-Cup” turnirida sovrindor bo‘ldi
12:00 / 2024-12-16

Turkiyaning Istanbul shahrida karate WKF bo‘yicha o‘tkazilgan “Burca-Cup” xalqaro turnirida Bekobod shahri va Toshkent tumani vakillari munosib natijalarga erishdi. 35 ta davlatdan to‘rt ming nafardan ortiq yosh karate ustalari g‘oliblik uchun kurash olib borgan xalqaro turnirda Toshkent tumani sport maktabi murabbiyi Dilshod Yusupov va uning shogirdi Saidkamol Adilov hamda Bekobod shahar sport maktabi murabbiyi Hamdamjon Shodibekov va shogirdi Kamronbek Abduqayumov Vatanimiz sharafini himoya qildi.

Istanbul tatamilarida kechgan shiddatli janglar natijasida Saidkamol Adilov va bekobodlik Kamronbek Abduqayumov bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA