Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh izlanuvchi yaratgan ilova shaxsiy xarajatlarni nazorat qilishga ko‘maklashmoqda (+video)
22:49 / 2026-02-24

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida bo‘lib o‘tgan yoshlar bilan muloqot doirasida “Raqamli texnologiyalar yo‘nalishida eng yaxshi startap” – “President Tech Award” loyihasi g‘oliblarining taqdimoti bilan tanishdi.

Startap loyihasi taqdimotini o‘tkazgan 21 yoshli Habibulloh Halloqov o‘zining innovatsion startapi va shaxsiy tajribasi haqida bizga gapirib berdi.

— Ilk oyligimni olganimda o‘zimni juda yaxshi va erkin his qilganman. Lekin oradan biroz vaqt o‘tmay, pullarimni qayerga harajat qilganimni tushunmay qolganman. Hatto do‘stlarimdan qarz olishga majbur bo‘lgan edim. Bu holat keyingi oylar davomida ham takrorlandi.

O‘shanda xarajatlarimni nazorat qilmaganim va moliyaviy savodxonligim yo‘qligi xatoyim ekanini angladim. Ko‘pchilik yaxshi daromad topsa ham pulini to‘g‘ri boshqara olmaydi. Bu esa oiladagi stress va qarzlar ortishiga olib keladi. Shu muammoga yechim sifatida “Karmon AI” loyihasini yaratdim.

Bugungi kunda ilovadan 20 mingdan ortiq odam foydalanmoqda. Foydalanuvchilar atigi uch oy ichida moliyaviy intizomni o‘rtacha 70 foizga oshirib, kundalik shaxsiy xarajatlarini 25 foizgacha kamaytirishga erishdi.

Bu borada kelgusida boshqalarga yanada ko‘proq nafi tegadigan katta-katta loyihalarni amalga oshiramiz.

Batafsil quyidagi videoda...

<iframe width="640" height="480" src="https://www.youtube.com/embed/w92Uk2qc3wA?si=nHw8poHjB99Mj9IQ" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Marhabo Hojiakbarova,

Iskandar Ismatov (video),

O‘zA