Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh ixtirochilarimiz Ostonada zafar quchdi
14:06 / 2026-01-29

Qozog‘istonning Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan“FIRST TECH Challenge” xalqaro robototexnika musobaqasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan ikki jamoamiz yuqori natijalarni qo‘lga kiritdi.

Bahslar yakuniga ko‘ra, har ikkala jamoamiz ham o‘z mahoratlarini munosib namoyish etib, “Markaziy Osiyo birinchiligi” yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.

Jamoalarimizdan biri o‘zaro hamjihatligi va yuksak jamoaviy ruhi uchun  “International excellence for good team work”nominatsiyasi g‘olibi deb topildi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA