Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh ixtirochilar ijodi rag‘batlantirildi
17:42 / 2025-09-10

Guliston shahridagi viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabida “Yosh ixtirochi” ko‘rik-tanlovining Sirdaryo viloyati bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi.

“Barkamol avlod” respublika bolalar maktabi tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan mazkur tanlov yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, iqtidor va qobiliyatlarni aniqlash hamda qo‘llab-quvvatlash, shu bilan birga ularda texnik ijodkorlik va zamonaviy texnologiyalarga qiziqishni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Tanlovda 13–18 yoshli o‘quvchilar “Texnika konstruktorlik va modellashtirish” yo‘nalishi bo‘yicha o‘z ishlanmalarini taqdim etdi. Robototexnika va avtomodel toifalarida taqdim etilgan loyihalar hakamlar hay’atida katta qiziqish uyg‘otdi.

Natijalarga ko‘ra, Xovos tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi o‘quvchisi Daler Anorboyev (robototexnika yo‘nalishi) hamda Boyovut tumanidan Samandar Sanginov (avtomodel yo‘nalishi) birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Endi ular respublika bosqichida viloyat sharafini himoya qiladi.

G‘oliblar diplom va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi. Bu esa ularning kelgusida ham yangidan-yangi g‘oya va ishlanmalar ustida izlanishlar olib borishi uchun qo‘shimcha kuch va rag‘bat bo‘lib xizmat qiladi.

G‘ulom Primov, O‘zA