Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh iste’dodlarni kashf etishga qaratilgan ijodiy tanlov
12:31 / 2025-09-25

Maqom betakror, g‘oyat go‘zal va ayni paytda murakkab san’at. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi binosida O‘zbekiston xalq hofizlari Jo‘raxon Sultonov va Ma’murjon Uzoqov nomidagi yosh ijrochilar respublika televizion ko‘rik-tanlovi boshlandi.

Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 25 dekabrdagi “Aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash, milliy maqom san’atini rivojlantirish, yosh iste’dodlarni kashf etish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda O‘zbek milliy maqom san’ati markazi tomonidan tashkil etilmoqda.

[gallery-25448]

Ko‘rik-tanlovning asosiy maqsadi O‘zbekiston xalq hofizlari Jo‘raxon Sultonov va Ma’murjon Uzoqov ijodiy merosini keng targ‘ib etish va uni kelajak avlodga yetkazish, o‘zbek milliy maqom ijrochilari orasidan yangi iste’dodlarni kashf etish va ularni rag‘batlantirish, aholi, ayniqsa ijodkor yoshlarning milliy maqom san’atiga bo‘lgan qiziqishini oshirishdan iborat.  

Ayni paytda mazkur tanlov ustoz-shogird an’analarini qayta tiklash hamda rivojlantirish asosida milliy maqom ijrochilik maktablarini shakllantirish imkonini berishi bilan ham ahamiyatli.  

Tanlovda 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan iste’dodli yosh ijrochilar ishtirok etayapti. Ular ustoz hofizlarning ijod namunalaridan hamda Toshkent-Farg‘ona maqom yo‘llaridan asarlar ijro etib, hakamlar hay’ati tomonidan baholanadilar.

—Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan milliy maqom san’ati, mumtoz musiqamiz rivojiga katta e’tibor qaratilmoqda, — dedi O‘zbek Milliy maqom san’ati markazi direktori Farrux Yunusov. — Bu e’tibor mamlakatimiz yoshlarining maqom san’atiga bo‘lgan qiziqishini tobora kuchaytirgani aniq. Markazimiz  tomonidan milliy maqom san’atini targ‘ib etish, uning jozibali jihatlarini xalqimiz, ayniqsa yoshlarga tushuntirish, keng ommalashtirish bo‘yicha ko‘plab ijodiy loyihalar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston xalq hofizlari Jo‘raxon Sultonov va Ma’murjon Uzoqov nomidagi yosh ijrochilar respublika televizion ko‘rik-tanlovi ana shunday ijodiy loyihalardan biridir. O‘ylaymanki, u milliy maqom yo‘nalishida yangi iste’dod sohiblarini kashf etishga xizmat qiladi.  

Tanlov yakunida g‘oliblar aniqlanib, tantanali taqdirlash marosimi o‘tkaziladi. Sovrindorlarga diplomlar hamda tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari topshiriladi.

Nazokat Usmonova,  

Asliddin Alijonov (surat),  

O‘zA muxbirlari