Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh iste’dodlar ko‘rigi
10:23 / 2022-07-31

Andijonda “Kamalak yulduzlari” respublika bolalar ijodiyoti festivalining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir ochilishida so‘z olgan O‘zbekiston yoshlar itifoqi Markaziy Kengashi "Kamalak" bolalar tashkiloti raisi M.Baratova va boshqalar tomonidan mamlakatimizda yosh avlodga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik tufayli, qolaversa, o‘tkazilayotgan turli tanlov va festivallar yosh avlodning iqtidor va salohiyatini to‘laqonli namoyon etishi uchun keng imkoniyatlar eshigini ochib berayotganligi, qolaversa, bu ularning qalbida ona Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga hurmat va sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qilayotganligi alohida ta’kidlandi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyati kengashi, Yoshlar ishlari agentligi, Xalq ta’limi, Madaniyat boshqarmalari hamkorligida o‘tkazilgan “Kamalak yulduzlari” respublika bolalar ijodiyoti festivalining viloyat bosqichida ishtirok etgan ko‘plab iqtidorli yoshlar o‘z bilim, mahorat va imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdi.

Festivalning viloyat bosqichida uning tuman va shahar bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 6 yoshdan 14 yoshgacha 400 nafar o‘g‘il-qiz ishtirok etib, mumtoz, vokal va xalq cholg‘ulari, raqs, tasviriy va amaliy san’at, nazm va nasr kabi oltita yo‘nalish bo‘yicha o‘z iste’dod va mahoratini namoyish etdi.  

Tanlov doirasida yosh rassomlar va hunarmandlarning ijodiy ishlari ko‘rgazmasi, yosh san’atkorlar ishtirokida madaniy tadbirlar tashkil etildi. Festivalning yakuniy natijalarga ko‘ra, 18 nafar yosh iste’dod sohibi festival g‘olibi, deb topildi.  

Festivalning g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan munosib rag‘batlantirildi.

F. UBAYDULLAEV,
Z. UMRZOQOV (foto) O‘zA