French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh iste’dodlar aniqlandi
11:23 / 2025-05-29

FOTOREPORTAJ

Nukusda yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadiga qaratilgan respublika “Yoshlar ovozi” tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi  o‘tkazildi.  

Tanlovda respublika hududlaridagi mahallalardan baxshichilik, an’anaviy ijro, opera va estrada yo‘nalishlari bo‘yicha 10-15 yosh, 16-22 yosh, 23-30 yosh toifalarida jami 147 nafar o‘g‘il-qiz ishtirok etib, o‘z ijrochilik mahoratini sinovdan o‘tkazdi.

[gallery-23636]

Yakuniy natijalarga ko‘ra, 10-15 yosh toifasida  To‘maris Tursunboyeva, Samandar Mavlonberdiyev, Bunyodbek Rustamov, Asemay O‘roqova yuqori pog‘onalarni zabt etdi. 16-22 yosh toifasida esa  Zulxumor Yelivboyeva, Og‘abek Saparboyev,  Akobir Sobirjonov, Shaydoxon Soliyeva g‘olib deb topildi. 23-30 yosh toifasida Uldavlat Sarsenbayeva, Inoyat Bozorov, Oqilbek Piyazov va Azim Qalboyev o‘z yo‘nalishi bo‘yicha birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.  

Tanlov g‘oliblari  tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA