Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh iqtidorlar bahsi
19:16 / 2015-01-23

Respublika olimpiya zaxiralari sport kollejida yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston kubogi va 1996-97-yillarda tug‘ilgan yoshlar o‘rtasida mamlakat chempionati bo‘lib o‘tdi.

Respublika olimpiya zaxiralari sport kollejida yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston kubogi va 1996-97-yillarda tug‘ilgan yoshlar o‘rtasida mamlakat chempionati bo‘lib o‘tdi.

300 nafarga yaqin atletlar ishtirok etgan ushbu musobaqada professional va havaskor sportchilar bilan birga paralimpiyachilar ham o‘zaro raqobatlashdi.

Turli masofalarga yugurish musobaqasida 2014-yilgi Paraosiyo o‘yinlari g‘olibi Faxriddin Hamroyev, Rustam Inomov, Artyom Udelov oltin medalni qo‘lga kiritdi. 

Uzunlikka sakrash bo‘yicha kattalar o‘rtasida Nikita Loginov, yoshlar o‘rtasida Dmitriy Sorokin g‘olib, deb topildi. Yadro uloqtirishda Artyom Davletov, xotin-qizlar bahsida Yelena Smolyanova birinchi o‘rinni egalladi.

Uch hatlab sakrashda kattalar o‘rtasida Vasilis Manolis, yoshlar o‘rtasida Sanjar Niyozov zafar qozondi. Xotin-qizlar o‘rtasida Irina Belova oltin medalga sazovor bo‘ldi. Kattalar o‘rtasidagi yettikurash bahslarida Avaz Eshqobilov 3048 ochko bilan g‘olib bo‘ldi.