Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh ijodkorlarning ilk kitoblari taqdim etildi
15:32 / 2025-11-21

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida “Birinchi kitobim” loyihasi doirasida chop etilgan kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Ushbu loyihada hozirgacha 200 ga yaqin yoshning ilk kitobi chop etilgan. Yoshlar avvalo Yozuvchilar uyushmasi tomonidan 1997 yildan beri o‘tkazib kelinayotgan Zomin seminarida ishtirok etadi. Bunda ular taniqli ustozlarning mahorat saboqlaridan bahramand bo‘ladi. Ustozlar xulosasiga ko‘ra, eng iste’dodli yoshlarning ijodiy ishlari kitob holida chop etiladi.

[gallery-26366]

2025 yilda o‘tkazilgan seminarda yoshlar yana o‘z ijodiy layoqatlariga ko‘ra she’riyat, nasr, dramaturgiya, adabiy tanqid, badiiy publitsistika, badiiy tarjima, bolalar adabiyoti yo‘nalishlarida saboqlardan bahramand bo‘ldi.

2025 yilda yosh ijodkorlarning ilk kitobi chop etildi. Xususan, Bahodir Jovliyevning (she’riy to‘plam) – “Yurak zarbi”, Latofat Amirovaning (she’riy to‘plam) – “Turkona”,  Abdulla Muhammadning  (she’riy to‘plam) – “Jilg‘a qo‘shig‘i”, Quvandiq Biysenbayevning (nasr) – “Kitoblar qo‘zg‘oloni”, Laylo Sobir qizining (nasr) – “Tong qizi”, Gulchiroy Ibrohimovaning (bolalar adabiyoti) – “Besh bilan urushgan bola”, Nozima Turdiyevaning (bolalar adabiyoti) –“Xo‘rozqand”,  Dostonbek Ahmadovning (tarjima) – “Tuhfa”, Samandar Konishevning (dramaturgiya) – “Baliqlar ham yig‘laydi”, Iskandar Nizomovning (dramaturgiya) – “Qasos”,  Dilchehra Toshpo‘latovaning (adabiy tanqid) –“Puankare yoxud ilmiylikdan badiiylik sari”,  Ilhom Abdusalomovning  (publitsistika) – "Bong" kitobi shular jumlasidan.  

Kitoblar har biri 1000 nusxadan chop etilgan. Bundan tashqari, Zomin seminarida faol ishtirok etib, ijodiy ishlari e’tirof etilgan yoshlarning ijod namunalari “Zomin bayozi” nomli to‘plamga jamlab, chop etildi.

Taqdimotda ishtirok etgan uyushma rahbari Sirojiddin Sayyid, raisning yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Farida Afro‘z, adabiyotshunos olim Zuhriddin Isomiddinov bugungi kunda yurtimizda kechayotgan ijobiy o‘zgarishlar yoshlar kamolotiga qaratilganini ta’kidladi.  

N.Usmonova,

N.Haydarov (surat),

O‘zA muxbirlari