Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh ijodkorlar taqdirlandi
15:21 / 2025-11-27

O‘zbekiston Badiiy akademiyasida "Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili"ga bag‘ishlangan “Navqiron O‘zbekiston” an’anaviy Respublika ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Tasviriy san’atning barcha yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan yoshlarning salohiyatini namoyon etish, ularni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, shuningdek, ularning ijodini keng ommaga targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan ko‘rgazmada 50 nafar ishtirokchining 200 ga yaqin asarlari namoyish etildi.

Ular 18 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan iste’dodli yoshlar bo‘lib, faol ijod olib bormoqda, ko‘rgazmalarda qatnashmoqda. Ayrim yosh ijodkorlar uchun esa bu nufuzli ko‘rgazma debyut hisoblanadi.

Ko‘rgazmada mamlakatimizning barcha hududlaridan kelib tushgan ijodiy ishlar Ishchi guruh tomonidan saralandi va namoyish etish uchun tavsiya qilindi. Mazkur asarlar hay’at a’zolari tomonidan baholandi va g‘oliblar aniqlandi. Shuningdek, ishtirokchilar uchun rag‘batlantiruvchi nominatsiyalar ham belgilangan.

10 dekabr kuni tanlovning yopilish marosimi bo‘lib o‘tadi. G‘oliblar medal, diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Ko‘rgazma ishtirokchilariga sertifikatlar ham topshiriladi.

Gulnoza Boboyeva,

N.Haydarov (surat),

O‘zA