English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh ijodkorlar “Duel” tanlovida qatnashdi
17:24 / 2021-06-21

Andijon shahridagi Yoshlar markazida “Duel” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Markaziy kengashi huzuridagi Yosh ijodkorlar Kengashi tomonidan 15 dan 30 yoshgacha bo‘lgan iste’dodli yoshlar ishtirokida “Duel” loyihasi doirasida tanlov o‘tkazilmoqda.  

Ijodkor yoshlarning ma’naviy-intellektual salohiyati, tafakkuri va dunyoqarashini, shuningdek, ular orasida kitob o‘qish va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi va ta’sirchanligini oshirish maqsadida o‘tkazilgan tanlovning viloyat bosqichida 418 nafar yosh iqtidor sohibi to‘rtta yo‘nalishda ikkita shart bo‘yicha o‘z bilim va mahoratlarini sinovdan o‘tkazdi.  

[gallery-2870]

Tanlov birinchi shartidan muvaffaqiyatli o‘tib, ikkinchi shartda bellashgan ishtirokchilar orasidan ikki nafardan qatnashchi finalda o‘zaro bahs olib bordi. Yakunda nazm yo‘nalishida Nurillo Abdushukurov, nasr yo‘nalishida Diyora Azizova, tasviriy san’at yo‘nalishida Javohir Niyozov va badiiy tarjima yo‘nalishida Ominabonu To‘lanova g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.  

G‘olib, finalchi va barcha ishtirokchilar tanlov tashkilotchilari tomonidan diplom, sertifikat va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.  

 

F.Ubaydullayev,Z.Umrzoqov (surat), O‘zA