Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh huquqshunoslarga diplom topshirildi
15:42 / 2023-07-19

FOTOREPORTAJ

Buxoro viloyat yuridik texnikumi bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda bitiruvchi-yoshlarning ota-onalari, yaqinlari bilan bir qatorda sud, prokuratura, ichki ishlar hamda adliya organlari va qator tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

[gallery-12826]

Bu yil ushbu ta’lim muassasasini 119 nafar yigit-qiz bitirdi. Ularning 4 nafari imtiyozli diplom, bir nafari esa davlat oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatiga test sinovisiz o‘qishga qabul qilish huquqini beruvchi yo‘llanma sohibidirlar.

Tadbirda bitiruvchilar orasidan eng namunali va iqtidorli 9 nafar yosh mutaxassis Buxoro viloyat prokuraturasiga ishga qabul qilingani ma’lum bo‘ldi. Qolgan bitiruvchilarni ham huquq-tartibot idoralariga o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha ishga joylashtirish choralari ko‘rilayotgani aytib o‘tildi. 


Tohir ISTATOV(surat),O‘zA