Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yosh huquqshunoslar” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari taqdirlandi
14:55 / 2024-06-22

Ichki ishlar vazirligiga biriktirilgan bir million nafar yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ularning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish maqsadida tashkil etilgan “Yosh huquqshunoslar” ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan  tadbirda 14 hududdan kelgan 28 nafar huquq sohasi bilimdon yoshlari o‘zaro bellashdi.

Musobaqa ikkita yosh toifasida o‘tkazildi. Birinchisi – 14 yoshdan 18 yoshgacha, ikkinchisi – 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida tashkillashtirildi.  

Tanlov ishtirokchilari onlayn tarzda maxsus sahifa orqali test sinovlariga javob berdi. Har bir berilgan savolga javoblar maxsus ekran orqali jonli ravishda professional hakamlar tomonidan nazorat qilib borildi. Test savollariga to‘g‘ri va tezkorlik bilan javob bergan yoshlar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.    

Aytib o‘tish kerakki, tanlovning mahalla-tuman-viloyat bosqichlarida 14-18 yoshlilar o‘rtasida 14 ming 90 nafar, 18-30 yoshlilar o‘rtasida 14 ming 561 nafar yoshlar faol ishtirok etdi.

Tanlov yakunida g‘oliblar munosib taqdirlandi.

N.Abduraimova,

O‘zA