Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi va “Hunarmand” uyushmasi hamkorligida “Yosh hunarmandlar ishtirokida davra suhbati” bo‘lib o‘tdi.
300 nafardan ortiq yosh hunarmandlar ishtirok etgan tadbirda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda ularning natijalari muhokama qilindi. Shuningdek, yoshlar orasida halol mehnat, poraxo‘rlikka qarshi ongli munosabat va shaffof raqobat muhitini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbirda halol mehnat va hunarmandchilikda ustoz-shogird an’analari, hunarmandlarning huquqiy savodxonligi, onlayn savdo platformalarida shaffoflik va imkoniyatlar, yosh hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash va kreativ iqtisodiy rivojlanish kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.
Tadbirda qayd etilganidek, bu kabi davra suhbatlari yosh hunarmandlarga o‘z ishini kengaytirish, yangi imkoniyatlardan xabardor bo‘lish, tajribali ustozlardan maslahat olish va “Marta” ilovasi orqali mahsulotlarini sotish imkoniyatlarini yaratadi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/VOi_JbzNZAE" title="Yosh hunarmandlarning huquqiy savodxonligi oshirildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Gulnoza Boboyeva, Oybek Davronov(video), O‘zA