FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyati Kengashi tomonidan Termiz shahridagi Yoshlar markazida yosh harbiy xizmatchilar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
[gallery-25346]
Tadbirda viloyatdagi kuch tuzilmalaridan shakllantirilgan 6 ta jamoa ishtirok etib, bilim va zakovatda o‘zaro bellashdi. O‘yin ikki bosqichda tashkil etilib, ishtirokchilar mantiqiy savollarga javob berish orqali o‘z bilim va tafakkur salohiyatini namoyon etdi.
Qizg‘in bahs-munozaralarga boy kechgan intellektual o‘yinda Bojxona boshqarmasi jamoasi birinchi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi jamoasi ikkinchi va DXX “Lochin” brigadasi jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi.
Tadbir yakunida g‘olib jamoalar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA