FOTOREPORTAJ
Surxondaryo viloyatida ilk bor harbiy tuzilmalardagi yoshlar o‘rtasida kibersport musobaqasi tashkil etildi.
Zamonaviy texnologiyalar va sportni uyg‘unlashtirish, yosh avlodni axborot texnologiyalariga yanada kengroq jalb etish, shuningdek, sog‘lom raqobat va jamoaviylik muhitini shakllantirish maqsadiga qaratilgan musobaqada viloyatdagi 7 ta kuch tuzilmasi jamoasi ishtirok etdi.
O‘zaro kuch sinashuvlar juda qizg‘in va murosasiz kechdi. Jamoalar o‘zlarining tezkor fikrlashi, strategik yondashuvi va mantiqiy tahlil qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazdi. Har bir jamoa g‘alaba uchun bor kuchini safarbar etdi.
[gallery-23941]
Yakuniy natijalarga ko‘ra, birinchi o‘rin O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi viloyat boshqarmasi jamoasiga nasib etdi. Qo‘riqlash boshqarmasi jamoasi ikkinchi o‘rinni egalladi. Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi jamoasi esa uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.
G‘olib jamoalar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Tashkilotchilar tomonidan e’tirof etilishicha, bu kabi musobaqalar nafaqat axborot texnologiyalariga bo‘lgan qiziqishni oshiradi, balki kuch tuzilmalarida xizmat qilayotgan yoshlarda mas’uliyat, jamoaviylik va ijobiy muhitni shakllantirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA