Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh harbiylar bilim va zakovatda bahslashdi
10:32 / 2025-09-23

Qarshi shahridagi Harbiy aviatsiya institutida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyati kengashi, Qarshi harbiy prokuraturasi hamda viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi hamkorligida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Mazkur tadbirda viloyatdagi turli kuch tuzilmalarida faoliyat yuritayotgan yosh harbiy xizmatchilar va xodimlar qatnashib, o‘z bilim saviyasi va intellektual salohiyatlarini yana bir bor namoyon etdi.

Yoshlarning mamlakat miqyosidagi siyosiy jarayonlarga mustaqil va ongli munosabatini shakllantirish, yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk alloma, adib va mutafakkirlarimizning boy ma’naviy merosi, umumbashariy sivilizatsiya va madaniyat, dunyoviy hamda diniy ilm-fan rivojiga qo‘shgan ulkan hissasini keng targ‘ib etish, shuningdek, ulug‘ ajdodlarimizning noyob asarlarini asrab-avaylash va kelajak avlodlarga yetkazish maqsadida maxsus intellektual bellashuv tashkil etildi. 

Mazkur tadbir yosh harbiy xizmatchilarning Vatanimiz tarixi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ijtimoiy hayot to‘g‘risidagi bilim hamda tushunchalarini yanada mustahkamlash, ularda kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishni oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, shu bilan birga kasbiy mahoratini yuksaltirishga qaratildi. 

Bellashuv jarayoni bahs-munozaralarga boy, qiziqarli va yuqori ruhda o‘tdi. 

Tanlovda kuch tuzilmalardagi harbiy qism va muassasalarning 10 ta jamoaga birlashgan 60 nafar yosh harbiy xizmatchi va xodimlari ishtirok etdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, “Viloyat ichki ishlar boshqarmasi” jamoasi birinchi o‘rinni egallab g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2-o‘rin “Viloyat bojxona boshqarmasi” jamoasiga, 3-o‘rin esa “Harbiy aviatsiya instituti” jamoasiga nasib etdi. 

G‘olib jamoalar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri