Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yosh gvardiyachilar” sport musobaqasi g‘oliblari aniqlandi (+video)
12:51 / 2024-01-27

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasida “Yosh gvardiyachilar” sport musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada ishtirok etish uchun viloyatning barcha shahar va tumanlaridan 9-10 sinflarda o‘qiyotgan sportchi yoshlardan tashkil topgan jamoalar tashrif buyurdi.  

Musobaqaning ochilish marosimida mamlakatimizda yoshlar sportiga qaratilayotgan e’tibor tufayli sportning bir qator turlari rivojlanib, sport bilan shug‘ullanuvchi yoshlar soni ham ortib borayotgani alohida ta’kidlandi. Milliy gvardiyaga biriktirilgan harbiy vatanparvarlikka ixtisoslashtirilgan sinf o‘quvchilarining harbiy yo‘nalishdagi sport musobaqalaridagi ishtiroki va qo‘lga kiritib kelayotgan yutuqlari to‘g‘risida so‘z yuritildi.  

Qizg‘in va murosasiz kechgan bellashuvlarda jamoalar qurolni yig‘ish, arqon tortish va kamondan otish kabi sportning beshta yo‘nalishida o‘zaro kuch sinashdi.  

Bellashuvlar hakamlar hay’ati tomonidan baholanib borildi.  

– Musobaqa yakuniga ko‘ra, 1-o‘rinni Kattaqo‘rg‘on shahrining “Bars” jamoasi, 2-o‘rinni Qo‘shrabot tumanining “Shunqorlar” jamoasi qo‘lga kiritdi, –deydi harbiy qism komandir o‘rinbosari Ilg‘or Hasanov. – Narpay tumanining “Lochinlar” jamoasi 3-o‘ringa munosib, deb topildi. G‘olib jamoalar tashkilotchilar tomonidan kubok hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.  

Shuningdek, “Eng hamjihat”, “Eng chaqqon”, hamda “Eng ilg‘or” jamoa nominatsiyalari bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi.  

O‘tkazilayotgan bu kabi sport musobaqalari o‘sib kelayotgan yosh avlodni jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk hamda vatanparvarlik ruhida kamol topishida muhim o‘rin tutadi.  

<iframe width="928" height="522" src="https://www.youtube.com/embed/3SZRLspWFGo" title="“Yosh gvardiyachilar” sport musobaqasi gʻoliblari aniqlandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

N.Rahmonova, O‘zA.