English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yosh gvardiyachilar” Registon maydonida (+Video)
15:09 / 2024-09-12

Milliy gvardiyaning Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasiga biriktirilgan 4 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabida harbiy- vatanparvarlik yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan sinflar tashkil etilgan.

Milliy gvardiyaning Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi tashkilotchiligida Samarqand shahridagi Registon maydonida mazkur harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan sinflarga qabul qilingan “Yosh gvardiyachilar”ning tantanali Va’da berish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Harbiy-vatanparvarlik sinfiga o‘qishga qabul qilingan har bir o‘g‘il-qiz, ota-onasi, ustozlari va sinfdoshlari oldida, yurtning vatanparvar farzandi bo‘lishga, maktab an’analarini qadrlashga, ustozlari talabini so‘zsiz bajarishga, tartib intizomga qat’iy amal qilishga, har qanday holatda “harbiy-vatanparvarlik sinfi” o‘quvchisi nomiga munosib bo‘lishga tantanali va’da berdi. 

Tadbir davomida Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilari tomonidan ijro etilgan ko‘rgazmali chiqishlar ishtirokchilar, qolaversa ayni paytda Samarqandda mehmon bo‘lib turgan xorijlik sayyohlarda ham katta qiziqish uyg‘otdi. 

Bu kabi tadbirlar, o‘sib kelayotgan yosh avlodni kelajakda yurt koriga yaraydigan, intellektual salohiyatga ega, vatanparvar, komil insonlar bo‘lib ulg‘ayishida muhim ahamiyat kasb etadi.  

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/-7rnuoKQHEE?si=YWS-0DMVvSFtiTu2" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

N.Rahmonova,

O‘zA