Milliy gvardiya “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi bazasida har yili 9-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasidagi “Yosh gvardiyachi” harbiy-sport musobaqasining Respublika bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi.
3 kun davomida 150 nafar o‘quvchi bilimdonlar bellashuvi, saf tayyorgarligi, ko‘rgazmali qo‘l jangi chiqishlari, zaharlangan hududdan o‘tish, o‘q-dorilarni belgilangan joyga yetkazish kabi 10 dan ortiq qiziqarli shartlar bo‘yicha bellashdi.
Ularning bilim va jismoniy tayyorgarligini Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti va "Temurbeklar maktabi"ning malakali professor-o‘qituvchilari baholab borishdi.
G‘oliblarni taqdirlash marosimida Milliy gvardiya qo‘mondonligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi rahbariyati ishtirok etdi.
Bellashuvlarda o‘zini ko‘rsatgan jamoalar nominatsiyalar bo‘yicha rag‘batlantirildi.
Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 168-maktab jamoasi 3-o‘rinni egalladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanida joylashgan 18-maktab 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 1-o‘rin Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahar 11-maktab jamoasiga nasib etdi.
G‘olib va sovrindorlar diplom, medal, qimmatbaho sovg‘alar va musobaqa kubogi bilan taqdirlandi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/nw_4c17c9ZA" title="“Yosh gvardiyachi” respublika musobaqasi g‘oliblari taqdirlandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>N.Rahmonova, O‘zA