Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh gandbolchilarimiz Italiyada «51th Interamnia World Cup»da qatnashmoqda
15:24 / 2024-07-09

Italiyaning Teramo shahrida gandbol bo‘yicha «51th Interamnia World Cup» musobaqasi o‘tkazilmoqda.

1973 yildan beri tashkil etib kelinayotgan nufuzli musobaqaning bu yilgi bahslarida beshta qit’aning 40 dan ziyod davlat jamoalari 5 ta yosh toifasidagi musobaqalarda ishtirok etmoqda.

Mazkur musobaqada O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi 18 yoshlilar o‘rtasidagi turnirda Vatanimiz sharafini himoya qilmoqda.

«51th Interamnia World Cup»ning U18 birinchiligida O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi «V» guruhida Polsha, Fransiya, Xitoy Taypeyi, Liviya, Italiya, Jazoir mamlakatlarining jamoalari bilan joy olgan.

Kecha vakillarimiz dastlabki o‘yinni Italiyaning ASD «Polisportiva Città SantʼAngelo» jamoasiga qarshi o‘tkazdi.

Shiddatli va o‘ziga xos tarzda kechgan bahsda hamyurtlarimiz mezbonlar jamoasini 25:12 hisobida mag‘lub etdi.

Turnirning g‘olib va sovrindorlari 14 iyulda aniqlanadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA