Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh gandbolchilarimiz "ASTANA SUP" turnirida qatnashmoqda
11:04 / 2025-12-16

Qozog‘istonning Ostona shahrida gandbol bo‘yicha 2010-2011 yillarda tug‘ilgan yoshlar va qizlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan "ASTANA SUP" xalqaro turnirida mamlakatimiz vakillari munosib natijalar qayd etmoqda.

Qozog‘istonning bir qator viloyat jamoalari, Rossiya terma jamoasi ishtirok etayotgan turnirda O‘zbekiston yoshlar va qizlar jamoasi hamda Namangan viloyati yosh gandbolchilari aylanma tizimdagi bahslarda kuch sinashmoqda.

Musobaqaning dastlabki o‘yinlarida mamlakatimiz yoshlar terma jamoasi a’zolari 3 ta o‘yinda maydonga tushdi va barchasida g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l oldi.

Endi yurtimiz yosh gandbolchilari "ASTANA SUP" xalqaro turnirining yarim finalida Rossiya jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA