Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh futbolchilarimizning g‘alabasi
21:07 / 2014-09-09

Tailandda futbol bo‘yicha o‘n olti yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining ikkinchi tur uchrashuvlari o‘tkazildi. 

Tailandda futbol bo‘yicha o‘n olti yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining ikkinchi tur uchrashuvlari o‘tkazildi. 

“S” guruhidan joy olgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi KXDR vakillariga qarshi maydonga tushib, 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yinda Suhrob Nurullayev “dubl”ga erishgan bo‘lsa, Abdug‘ani G‘anijonov o‘z hisobiga bitta gol yozib qo‘ydi. Ushbu g‘alaba Aleksandr Mochinov shogirdlarini guruhda birinchi o‘ringa olib chiqdi. 

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi 11-sentabr kuni bo‘ladigan guruhdagi so‘nggi uchrashuvda Kuvayt futbolchilari bilan kuch sinashadi.