Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh futbolchilarimizning dastlabki g‘alabasi
15:55 / 2014-07-09

Joriy yilning oktabr oyida Myanmada o‘n to‘qqiz yoshgacha futbolchilar o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Vengriyada tashkil etilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida qatnashmoqda.

Ravshan Haydarov boshchiligidagi terma jamoamiz jismoniy, texnik va taktik mashg‘ulotlardan tashqari Vengriya yoshlar terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazishni ham rejalashtirgan.

Dastlabki bahsda hamyurtlarimiz Vengriya yoshlarini 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Uchrashuvning 16-daqiqasida Zabihillo O‘rinboyev hisobni ochdi, ammo birinchi bo‘lim yakunlanishiga o‘n bir daqiqa qolganda vengriyaliklar muvozanatni tikladi. O‘yinning 67-daqiqasida Zabihillo O‘rinboyev raqib darvozasiga ikkinchi golni kiritib, terma jamoamizning g‘alabasini ta’minladi.

Yosh futbolchilarning ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvi 11-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.