Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh futbolchilarga Yangi yil sovg‘alari topshirildi
18:03 / 2026-01-01

Yangiyer shahar sport maktabida yil yakunlariga bag‘ishlangan quvonchli tadbir bo‘lib o‘tdi. Muassasaning futbol bo‘yicha tajribali murabbiyi Sardor Hasanboyev yil davomida mashg‘ulotlarda faolligi, intizomi, odobi va mehnatsevarligi bilan ajralib turgan 7 nafar iqtidorli yosh futbolchini maxsus sovg‘alar bilan taqdirladi.

Murabbiy yosh sportchilarning nafaqat jismoniy tayyorgarligi va sport mahoratini oshirishga, balki ularni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga ham alohida e’tibor qaratib kelmoqda. Bu e’tibor samarasi o‘laroq, shogirdlar turli mashg‘ulotlar va musobaqalarda faol ishtirok etib, ijobiy natijalarga erishishmoqda.

Yangi yil arafasida topshirilgan sovg‘alar futbolchilar uchun zarur bo‘lgan sport anjomlaridan iborat bo‘lib, ularning kelgusidagi mashg‘ulotlarida asqotadi.

Tadbir davomida so‘zga chiqqan Sardor Hasanboyev shogirdlarining yutuqlari murabbiy uchun eng katta mukofot ekanini ta’kidladi. Uning aytishicha, intizomli va maqsad sari qat’iyat bilan harakat qiladigan yoshlar kelajakda yurtimiz sporti ravnaqiga munosib hissa qo‘shadi.

Samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbir yakunida sovg‘a olgan yosh futbolchilar murabbiyga minnatdorchilik bildirib, kelgusida yanada ko‘proq mehnat qilish va yuqori natijalarga erishishga va’da berishdi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri