Yosh futbolchilar musobaqasi
Nukus shahrida “Futbolimiz kelajagi” an’anaviy turnirining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Nukus shahrida “Futbolimiz kelajagi” an’anaviy turnirining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
“Mahalla” xayriya jamoat fondi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi, Kasaba uyushmalari birlashmasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan qator davlat va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan musobaqada 12 futbol jamoasi g‘oliblik uchun bahslashdi.
“Futbolimiz kelajagi” turniri mahalla yoshlarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ular o‘rtasida futbolni yanada ommalashtirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.
Musobaqada Nukus tumanidagi “Samanboy” ovul fuqarolar yig‘ini yoshlari mahorat bobida tengqurlaridan ustun ekanini namoyish etdi. Ular 9-10 va 13-14 yoshdagi futbolchilar o‘rtasida bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. 11-12 yoshli sportchilar o‘rtasida esa To‘rtko‘l tumanidagi “Markazobod” mahalla fuqarolar yig‘ini vakillari birinchi o‘rinni egalladi.
G‘olib jamoalar turnirning Xorazm viloyatida o‘tkaziladigan mintaqaviy bosqichida ishtirok etadi.