Yosh fermerlar Yaponiyada malaka oshirdi
O‘zbekiston yosh fermerlari kengashi mutaxassislari Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Hududlarda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va diversifikatsiyalashtirish” dasturi doirasida O‘rta Osiyo va Kavkaz mamlakatlarini qamrab olgan treningda ishtirok etdi.
Yaponiyaning Fukusima prefekturasida bo‘lib o‘tgan treningda Yaponiya agrar sohasida qo‘llanadigan eng oldi texnologiyalar, metodlar va sohada erishilgan yutuqlar o‘rganildi hamda tajriba almashildi.
Shuningdek, yosh fermerlar Fukusima hokimi bilan uchrashdi. Agrar sohada hamkorlikda olib borilgan ishlar hamda kelajakda birgalikda ishga tushiriladigan loyihalar muhokama qilindi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA