Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yosh fermer” ko‘rik-tanlovining Jizzax viloyati bosqichi o‘tkazildi
18:05 / 2017-09-18

“Yosh fermer” ko‘rik-tanlovining Jizzax viloyati bosqichi Sharof Rashidov tumanidagi “Feruza Begoyim” ko‘p tarmoqli bog‘dorchilik fermer xo‘jaligi shiyponida o‘tkazildi.

“Yosh fermer” ko‘rik-tanlovining Jizzax viloyati bosqichi Sharof Rashidov tumanidagi “Feruza Begoyim” ko‘p tarmoqli bog‘dorchilik fermer xo‘jaligi shiyponida o‘tkazildi.

Unda 18 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan 17 nafar fermer ishtirok etdi. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan mazkur tanlov yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish, yosh fermerlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.

Tanlovda yosh yigit-qizlar rahbarlik qilayotgan fermer xo‘jaliklari ishlab chiqarish, yangi innovatsion texnologiyalarni joriy etish, arzon va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirishda erishayotgan yutuqlari, yangi ish o‘rni yaratish, kollej bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash, qishloq yoki mahallalarda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga qo‘shayotgan hissalarini namoyish qildi.

Sharof Rashidov tumanidagi “Obod makon” fermer xo‘jaligi rahbari Murodjon Soibov birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rinni Do‘stlik tumanidagi “Arslon Aziza” fermer xo‘jaligi rahbari Feruza Bozorova, uchinchi o‘rinni Zomin tumanidagi “Fayzli g‘olib dalasi” fermer xo‘jaligi rahbari Xidirboy Jo‘rayev egalladi.

Tanlov g‘oliblari va faol ishtirokchilar maxsus diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.