English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yosh eksportchilar” loyihasiga start berildi
14:23 / 2024-08-14

Yoshlarga tadbirkorlik sohasida muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni oshirishga qaratilgan “Yosh eksportchilar” loyihasi o‘z ishini boshladi.

Bu loyiha mamlakatimizda xalqaro bozorlarga chiqishga intilayotgan yosh tadbirkorlar uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda.  

Yoshlar ishlari agentligi, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, O‘zbekiston yosh fermerlari kengashi va “Ibrat farzandlari” hamkorligida tashkil etilgan loyiha doirasida 60 nafar yoshlar ishtirok etdi.  

Ishtirokchilar bir hafta davomida Bo‘stonliq tumanidagi Yoshlar oromgohida eksport, moliyaviy savodxonlik va biznesni rejalashtirish bo‘yicha o‘qitildi.   

Shuningdek, ishtirokchilar tajribali mutaxassislar bilan amaliy mashg‘ulotlarda qatnashib, o‘z biznes g‘oyalarini rivojlantirish uchun muhim maslahatlar oldi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, seminar-treninglarni yaxshi o‘zlashtirib tamomlagan yoshlar respublikamizda faoliyat olib borayotgan eksport korxonalarga biriktirilib, doimiy ish bilan ta’minlanadi.  

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA