Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh dzyudochilarimiz Yevropa ochiq chempionatida sovrindor bo‘ldi
10:25 / 2022-06-06

Avstriyaning Gras shahrida dzyudo bo‘yicha yakunlangan yoshlar o‘rtasidagi Yevropa ochiq chempionati O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi uchun omadli kechdi. Hamyurtlarimiz 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Terma jamoamiz a’zolaridan Halimaxon Qurbonova (48) hamda Shukurjon Aminova (57), yigitlarimizdan Jahongir Mamatrahimov (90) ko‘hna qit’a musobaqalarida bronza medallariga sazovor bo‘ldi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati.  


 
Bahslarda ishtirok etgan Muhammadqodir Mansurov (100) va Islombek Ravshanqulov (+100) 5-o‘rin, Irisxon Qurbonboyeva (78) esa 7-o‘rindan joy olishi mamlakatimizda yosh dzyudochilarning iste’dodli avlodi kamol topayotganligini ko‘rsatdi.  
 

O‘zA